Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish

Bugungi yangilanishda biz matningizni atigi ikkita bosish orqali tarjima qiladigan, oʻzgartiradigan yoki tuzatadigan AI muharrir, soʻrovnomalar uchun media biriktirish va faol soʻrovnomalar uchun yangi javoblarni taklif qilish kabi yangi funksiyalar, barcha ilovalarda jonli va harakatlanuvchi rasmlarni qoʻllab-quvvatlash, boshqa botlarni yarata va boshqara oladigan botlarni va boshqalarni taqdim etamiz.
Tribal: Sehrli soʻzlar yomon gaplarni toʻgʻrilaydi. Sehrli soʻzlar uslubni oʻzgartiradi. Sehrli soʻzlar tillarni almashtiradi. Ruhlar yordam beradi. Olov sirni saqlaydi. Hammasi Cocoon gʻorida xavfsiz.
Endi xabar panelida matningizni boshqa uslubda qayta yoza oladigan yoki xabaringizni boshqa tilga tarjima qila oladigan, grammatikani darhol tuzatadigan ichki muharrir mavjud — bularning barchasi ochiq manbali AI modellari asosida ishlaydi.
Matn muharriri Formal, Short, Tribal, Corp, Zen, Biblical va Viking kabi turli uslublarni taklif qiladi — ulardan muloqotingizni samaraliroq qilish yoki suhbatlarga ajoyib joziba qoʻshish uchun foydalanishingiz mumkin.
Shuningdek, matn muharriri matningizni tarjima qilishda xorijlik aslzoda yoki koʻp tilli rohibdek eshitilishingiz uchun uslub qoʻshish imkonini beradi.
Telegramning barcha AI funksiyalari kabi matn muharriri foydalanuvchilarga toʻliq maxfiylikni taqdim etish uchun Cocoon tarmogʻidan foydalanadi. Soʻrovlar foydalanuvchi maʼlumotlariga kirish imkonisiz maxfiy muhitda qayta ishlanadi.
Xabar yozayotganda 3 qatordan koʻproq matn kiritgandan keyin “Yuborish” yoyi ustida chiqadigan “Ai” belgisini bosing.
Viking: Soʻrovnomalar arsenali uchun bir nechta yangi qurol, jumladan, jangchi kamaridagi oltin kabi savollar va javob variantlariga mediani bogʻlash kuchi yaratildi. Tor bolgʻasi haqqi, oddiy sozlash runalari jangchiga cheksiz kombinatsiyalar inʼom etadi!
Soʻrovnomaning koʻplab yangi funksiyalari qoʻshildi — endi nimalar qilishingiz mumkin:
Shuningdek, soddalashtirilgan soʻrovnoma sozlamalari sizga vaziyat murakkablashganda qayta ovoz berish mumkin boʻlgan yoki bir nechta toʻgʻri variantli kabi yangi turdagi viktorinalarni yaratish imkonini beradi.
Agar guruh chatida koʻrinadigan ovozlar bilan soʻrovnoma yaratsangiz, har safar kimdir javob berganda qaysi variantni tanlagani haqida maʼlumot beruvchi bildirishnoma olasiz.
Endi avvalgi va faol soʻrovnomalar guruh hamda kanal profillaridagi maxsus sahifada chiqadi – shunday qilib faol soʻrovnomalarni topish yoki avvalgi soʻrovnomalar natijalarini koʻrib chiqish oson.
Biblical: Boqing, Telegramning barcha xabarchilariga endi qoʻzgʻaladigan va harakatlanadigan tasvirlar kuchi inʼom etildi. Zero yozilganki, “Koʻzlar tananing chirogʻidir” va endi ular sokinlik ichra hayotni koʻrurlar.
Endi Telegram iOS jonli rasmlari va Android harakatlanuvchi rasmlarini mahalliy tarzda qoʻllab-quvvatlaydi, shu sababli foydalanuvchilar istalgan Telegram ilovasida koʻrish mumkin boʻlgan takrorlanuvchi rasmlarni yuborishi mumkin.
Yuboruvchi media muharririda 3 xil uslubdan birini tanlashi mumkin: Jonli, Takrorlanuvchi va Qaytuvchi. Jonli ochilganda rasmni bir marta ijro qiladi, Takrorlanuvchi uzluksiz ijro qiladi, Qaytuvchi esa takrorlanishda oldinga va orqaga ijro qiladi.
Jonli rasm yuborish uchun media muharririning yuqori burchagidagi “Jonli” tugmasini bosing va biror uslubni tanlang.
Corp: Endi Telegram botlari oʻzlarining bot tarmoqlarini loyihalash, joylashtirish va kengaytirish kabi kuchli yangi qobiliyatni ochdi! Bu strategik burilish har bir istiqbolli odamga AI'ning transformatsiya salohiyatidan foydalanish imkonini beradi, bu esa hech qanday kodlashsiz innovatsion bot yechimlarini muammosiz ishga tushirish imkonini beradi.
Foydalanuvchilar endi atigi bir nechta bosish bilan oʻz moslangan botlarini yaratishi mumkin. Telegram Bot API oxirgi yangilanishi bilan botlar endi sizning nomingizdan boshqa botlarni yaratish va boshqarish imkoniga ega.
Bu istalgan foydalanuvchiga oʻz botini osongina ishlab chiqish va ishga tushirish uchun hech qanday kodlashlarsiz AI botlaridan foydalanish imkonini beradi.
Zen: Telegram endi kamerani har qanday hujjatning PDF skanerlarini chizadigan moʻyqalamga aylantirish vositasiga ega. Ustoz bir vaqtlar soʻragan edi: agar yaproq skanerlansa, u hanuz shamolga shivirlaydimi?
Endi iOS uchun Telegram foydalanuvchilarga oʻz telefonining kamerasi bilan hujjatlar skanlarini yaratish imkonini beradi va bir nechta rasmni bitta faylga birlashtira oladi.
Hujjat skaneri darhol fonni olib tashlaydi, rasmni qirqadi va uni PDF formatiga oʻgiradi. Skanerlash davomida hoshiyani oʻzgartirish, filtr qoʻshish yoki rasmni aylantirish kabi qoʻlda sozlashlarni amalga oshirish uchun rasmni bosishingiz mumkin.
Hujjatni skanerlash uchun biriktirma menyusini oching va Fayl > Hujjatni skanerlash rukniga kiring.
Telegramning rasmiy ilovalari maksimal ishonch va shaffoflik uchun tekshirilishi mumkin boʻlgan tuzilmalar hamda shifrlash protokollariga ega boʻlgan toʻliq ochiq manbalidir.
Telegram mustaqil dasturchilarga Telegram ilovasining uchinchi tomon versiyalarini yaratish uchun platforma ham taqdim etadi. Uchinchi tomon ilovalari foydalanuvchilarining profillarida yangi xavfsizlik ogohlantirishi chiqadi — bu boshqalarga ularga yuborilgan xabarlar xavfsizroq boʻlmasligi mumkinligini bildiradi.
Shu tariqa bu kunning xabarlari oʻz nihoyasiga yetdi, lekin biz tez orada yanada qudratliroq moʻjizalar bilan qaytamiz, chunki inson mehnati hech qachon tugamaydi.
2026-yil 31-mart
Telegram jamoasi