Kanallar uchun shaxsiy xabarlar, ovozni kesish, mavzu sahifalari va HD rasmlar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Kanallar uchun shaxsiy xabarlar, ovozni kesish, mavzu sahifalari va HD rasmlar

Bugungi yangilanishda foydalanuvchilar sevimli kanallari bilan suhbat boshlash uchun yangi usullar, mavzular boʻylab samaraliroq harakatlanish, yuborishdan oldin ovozli xabarlarni qisqartirish, rasmlarni yuqoriroq sifatda yuborish va boshqa imkoniyatlar qoʻshildi.

Kanallarga shaxsiy xabarlar yuborish

Endi siz kanallarga shaxsiy xabarlar yuborishingiz hamda ularning egalari va adminlari bilan bevosita suhbatlashishingiz mumkin. Kontent ijodkorlari ushbu rejimni yoqib, obunachilar bilan shaxsiy axborotlarini oshkor qilmasdan muloqot qilishi mumkin.

Obunachilardan kelgan xabarlar yangi soddalashtirilgan interfeysda, eganing shaxsiy chatlaridan alohida koʻrinadi.

Kanalga shaxsiy xabar yuborish uchun kanalning pastki panelidagi xabar pufagini bosing. Kanalingizga shaxsiy xabarlarni yoqish uchun Kanal sozlamalari > Xabar kanali rukniga kiring.

Kontent ijodkorlari suhbatlarni boshqariladigan va mazmunli qilish uchun har bir shaxsiy xabar uchun toʻlov belgilashi ham mumkin.

Mavzu sahifalari

Guruhlardagi mavzular uchun yangi sahifa maketi mavjud boʻlib, u sizga chatlar roʻyxatidan tezroq kirish va suhbatlar orasida bir marta bosish orqali sakrash imkonini beradi.

Siz chat yon tomonidagi kattaroq panel bilan yuqorisidagi minimalistik panel oʻrtasida almashishingiz mumkin.

Mavzularni istalgan guruhda Guruh sozlamalari > Mavzular orqali yoqish mumkin.

Ovozli xabarlarni kesish

Ovozli xabar yozib boʻlgach, endi siz boshlanish va tugash nuqtalarini siljitib, kerakli parchani aniq kesib olishingiz mumkin. Mukammal yozuv uchun boshqatdan boshlash shart emas — shunchaki davom eting va yubormoqchi boʻlgan qismingizni tanlang.

Bu opsiya ovozli xabar yozayotganda yozuvni qulflash uchun yuqoriga surganingizda chiqadi. Xabarni yozib olgach, xabarni kesgandan keyin mikrofon belgisini yana bosib, qoʻshimcha qismlarni yozishingiz mumkin.

Ovozli va video xabarlar uchun pauzalash va davom ettirishingiz ham mumkin.

Rasmlarni yuqori sifatda yuborish

2014-yildan beri Telegram foydalanuvchilari toʻliq aniqlik darajasidagi rasmlarni asl fayl hajmida yuborishi mumkin. Oddiy rasmlar uchun Telegram rasmlarni optimallaydi, shunda ular darhol yetkaziladi va mobil internet 90% kamroq ishlatiladi.

Bugungi yangilanishda selfilaringiz va sayohat rasmlaringizga yanada koʻproq tafsilot qoʻshish uchun yangi sifat opsiyasi“Yuqori aniqlik darajasi” qoʻshildi. HD rasmlar 4 baravar koʻp piksellarga ega, shu bilan birga, 0,5 MB dan kam trafik ishlatadi.

HD rasmlar

Rasmni HD sifatida yuborish uchun rasm muharririda SD tugmasini bosing yoki biriktirmalar menyusidan “Yuqori sifatda yuborish” bandini tanlang.

iOS uchun ilovada hikoyalarga media ulashish

Endi iOS uchun ilovadagi birlamchi “Ulashish” tugmasi yordamida boshqa ilovalardan bevosita Telegram hikoyangizga media ulashishingiz mumkin.

Masalan, agar siz Rasmlar ilovasida allaqachon unutilgan 2015-yildagi rasmni topsangiz, “Ulashish” tugmasini bosib, uni ilovalar oʻrtasida almashmasdan yoki pastga aylantirmasdan hikoya muharririda darhol ochishingiz mumkin.

iOS uchun ilovada hikoyalarga media ulashish

Koʻproq soʻrovnoma variantlari

2018-yildan beri har qanday hajmdagi hamjamiyatlar qarorlar qabul qilish va tadbirlarni rejalashtirish uchun soʻrovnomalardan foydalanib kelmoqda.

Bu yangilanish soʻrovnomalarni yanada moslashuvchan qiladi — endi 12 tagacha variant qoʻllab-quvvatlanadi. Soʻrovnomalarni Saqlangan xabarlaringizga yuborish mumkin — bu natijalarni kelajakda foydalanish uchun bukmarklarga kiritish yoki keyinchalik boshqa chatlarga ulashish imkonini beradi.

Koʻproq so‘rovnoma variantlari

Buguncha shular — biz yanada innovatsion funksiyalar yaratgach, yana qaytamiz.



2025-yil 3-iyun,
Telegram jamoasi