Mini ilovalar paneli, pulli media, hikoyalar qidiruvi va boshqalar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Mini ilovalar paneli, pulli media, hikoyalar qidiruvi va boshqalarni taqdim etamiz

Iyun yangilanishimizdan boshlab Telegram foydalanuvchilari mini ilovalarni ixcham panelga kichraytirishi, kontent mualliflari esa pulli rasm va videolar yordamida kanallarini monetizatsiya qilishi mumkin. Bundan tashqari, hikoyalarni yaxshiladik: endi ularga heshteg yoki joylashuv asosida qidirish imkoniyati va havolalarni aks ettirish uchun yangi vidjet qoʻshildi.

Bugundan boshlab mini ilova dasturchilari va kontent yaratuvchilari oʻzlari ishlab topgan Yulduzlarni Toncoinda mukofot olish yoki Telegram Reklamalarni maxsus chegirmali narxlarda sotib olish uchun ishlatishi mumkin.

Mini ilovalar paneli

Har oy 500 milliondan ortiq Telegram foydalanuvchilari mini ilovalar bilan mahsulotlar xarid qilish, xizmatlardan foydalanish va oʻyinlar oʻynash uchun munosabatga kirishmoqda.

Bugundan boshlab ekranning pastki qismida mini ilovalarni panelga yigʻishingiz mumkin. Bu sizga xabarlarga javob berish, boshqa mini ilovalarni ochish va uning qayta yuklanishini kutmasdan mini ilovaga qaytish imkonini beradi.

Biror ogʻmaxonga koʻz-quloq boʻlishingiz kerak boʻlgan taqdirda. 😌

Ilovani kichraytirish uchun shunchaki uning yuqori panelidan pastga suring. Qayta ochish uchun ekraningizning pastki qismidagi ilovalar panelini bosing va faol ilovalaringizdan birini tanlang.

Agar dasturchi boʻlsangiz, tafsilotlar uchun ushbu sahifa bilan tanishing.

Telegram Yulduzlar bilan kontent uchun toʻlash

Oʻtgan oy biz mini ilovalarda raqamli mahsulotlarni xarid qilish uchun Telegram Yulduzlarni ishga tushirgan edik.

Endi kontent mualliflari kanallarida pulli rasm yoki videolar nashr qilish orqali Yulduzlarni qabul qilishi mumkin. Obunachilarga bunday postlarni faqat muallifga ularni ochish uchun toʻlaganidan keyin koʻrishga ruxsat beriladi.

Odamlar dengiz yulduzingizni tomosha qilishi uchun haq olishni xohlagan taqdiringizda. 😌

Mualliflar Yulduzlardan Toncoinda kriptovalyuta mukofotlari olish yoki oʻz kanallarini reklama qilish va yanada koʻproq obunachilarni jalb qilish uchun foydalanishi mumkin hamda bularning hammasiga Telegramdan hech qanday komissiya olinmaydi.

Hikoyalarni heshteg asosida qidirish

Istalgan chatda #heshteg bosilsa, bu sizga ushbu teg uchun chatlaringiz va ommaviy kanallardan qidiruv natijalarini koʻrish imkonini beradi. Bu yangilanish bilan hikoya izohlaridagi heshteglarni bosish sizga mos keladigan teglar bilan ommaviy hikoyalarni kezish imkonini beradi.

#Koʻproq hikoyalarni koʻrishni xohlagan taqdiringizda. 😌

Agar siz kontent muallifi yoki biznes egasi boʻlsangiz, Telegram foydalanuvchilariga profil yoki kanalingizni organik ravishda kashf etish imkoniyatini bergan holda heshteglar yordamida auditoriyangizni oshirishingiz mumkin.

Telegram Biznes mualliflar va kompaniyalar uchun kuchli funksiyalarni taklif qiladi va Telegram Premium obunasiga bepul kiritiladi.

Hikoyalarni joylashuv asosida qidirish

Dam olishda, tadbirda boʻlgan yoki shunchaki ovqatlanishga chiqqan foydalanuvchilar hikoyalariga joylashuv tegini qoʻshishi mumkin, bu esa boshqalarga chiroyli manzaralar va mazali taomlarni qayerdan topishni koʻrsatadi.

Heshteglar kabi, joylashuv tegini bosish sizga bir xil joydan ommaviy hikoyalarni kezish imkonini beradi — shu tarzda, kechagi konsert atmosferasiga qayta tushishingiz yoki keyingi sayohat manzilingizga razm solishingiz mumkin.

Koinotda yolgʻiz boʻlmagan taqdirimizda. 😌

Faqat sizga koʻrishga ruxsat berilgan hikoyalar heshteg yoki joylashuv qidiruvida chiqadi. Maxfiy hikoyalar hech qachon qidiruv natijalarida chiqmaydi.

Premium: Hikoyalarda havola vidjeti

Premium foydalanuvchilar hikoyalariga havola vidjeti qoʻshish orqali havolani ajratib koʻrsatishi mumkin. Bunda rasm yoki videongizda mediangizga mos keladigan yorugʻ va qorongʻi fonlarni qoʻllab-quvvatlaydigan uslubli havolaga razm solish oynasini yaratiladi.

Katta havola 1000 ta rasmdan yaxshiroq boʻlgan taqdirda. 😌

Havola vidjeti sizga maxsus havola nomini qoʻshish imkonini beradi — bu razm solish oynasi yuqorisidagi URL manzil matni oʻrnini egallaydi.

Kontent mualliflari va dasturchilar uchun mukofotlar

Raqamli mahsulotlar va xizmatlar taklif qiladigan bot dasturchilari va kanallarini pulli postlar bilan monetizatsiya qiladigan mualliflar endi Telegram Yulduzlar orqali Toncoinda mukofot olishi yoki Telegram Reklamalarni sotib olishi mumkin.

Telegram Yulduzlardagi tranzaksiyalardan deyarli komissiya olmaydi, shuning uchun faqat soliqlar va to‘lov tizimi to‘lovlari tatbiq etiladi. Yulduzlarni Telegram Reklama hisobingizga o‘tkazganingizda Telegram hatto tashqi to‘lov tizimi to‘lovlarini qoplash uchun 30% chegirma qo‘shadi.

Toncoin mukofotlari

Agar kanal yoki botingiz balansida Yulduzlar boʻlsa, ularni Fragment orqali Toncoin mukofoti sifatida yechib olishingiz mumkin. Toncoin The Open Networkdunyoning eng tezkor blokcheynidagi asosiy valyuta hisoblanadi. Uni boshqa har qanday kriptovalyutaga oson ayirboshlashingiz mumkin.

TITLE

Yulduzlarni yigʻish yakuniy maqsadingiz boʻlmagan taqdirda. 😌

Botingizning Yulduzlar balansini koʻrish uchun uning Profiliga kiring > “Tahrirlash > Balans” tugmasini bosing. Kanallar uchun Profil > Statistika > Monetizatsiya rukniga kiring.

Mualliflar va dasturchilar uchun subsidiyali reklamalar

Istalgan foydalanuvchi oʻz boti, kanali yoki guruhini reklama qilish uchun ommaviy Telegram kanallarida reklamalarni joylashtirishi mumkin.

Bot ishlab chiquvchilari va kontent mualliflari Yulduzlar yordamida bot yoki kanalni maxsus 30% chegirmali narxda reklama qilishi mumkin – bu yangi foydalanuvchilarni jalb qilishning tejamkor usulidir.

Mualliflar va dasturchilar uchun mukofotlar

Xohishingiz shunchalik kuchliligidan butun zefirni qadogʻidan darhol yeb qoʻygan taqdiringizda. 😌

Reklamalar uchun Yulduzlardan foydalanish uchun bot yoki kanallaringizning Balans yoki Monetizatsiya rukniga kiring va “Reklamalarni sotib olish” tugmasini bosing. Yulduzlardan faqat ularni ishlab topgan bir xil bot yoki kanalni reklama qilish uchun foydalanish mumkin.

Yulduzlaringizni boshqarish, mukofotlar olish va reklamalar joylashtirish haqida batafsil axborot olish uchun Bot ishlab chiquvchilar va Kontent mualliflari uchun Xizmat shartlari bilan tanishing.

Buguncha shular — keyingi yangilanish ustida ishlash oʻrniga hikoyalarni kezish va oʻyinlar oʻynash bilan band boʻlamiz.


2024-yil, 30-iyun,
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

스타 경품 및 기타

오늘 업데이트로 그룹과 채널은 경품 행사에서 Telegram Stars를 상품으로 사용할 수 있습니다. 또한, Telegram 브라우저에서 여는 모든 기사를 이제 Instant View로 변환할 수 있어 읽기 편리합니다.
6-sen, 2024

슈퍼 채널, 스타 반응 및 구독

오늘은 텔레그램의 11주년입니다. 사용자가 콘텐츠 제작자를 지원할 수 있도록 하는 스타 반응 및 스타 구독, 봇 및 비즈니스 계정을 위한 유료 미디어, 그리고 관리자가 다른 채널이나 개인 프로필로 게시할 수 있는 새로운 텔레그램 채널 모드를 만나보세요.
14-avg, 2024

텔레그램 브라우저, 미니 앱 스토어, 선물 별 등

오늘 업데이트에서는 여러 탭을 지원하는 새로운 인앱 브라우저와 거의 10억 명의 사용자에게 Web3를 제공하는 기능, 인기 미니 앱이 포함된 미니 앱 스토어, 친구에게 스타 선물을 할 수 있는 기능, 스토리를 위한 날씨 위젯 등 다양한 기능이 추가되었습니다.
31-iyl, 2024

미니 앱 바, 미디어 광고, 스토리 검색 등 더 보기

6월 업데이트에서는 미니 앱을 최소화하여 컴팩트 바로 만드는 방법을 추가하고, 콘텐츠 제작자가 유료 사진 및 동영상으로 채널을 수익화할 수 있도록 도우며, 해시태그 또는 위치로 검색하고 새로운 링크 위젯을 도입하여 스토리를 개선할 수 있게 됩니다.
30-iyn, 2024