Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish

Telegramning 2026-yildagi ilk yangilanishi iOS uchun ilovada yanada koʻproq Liquid Glass interfeyslarini hamda kanaldagi postlar va Tezkor koʻrish sahifalari uchun maxfiylikni oshirish va foydalanuvchilar maʼlumotlarini himoya qilish uchun yaratilgan AI xulosalarini taqdim etadi.
Kanallardagi uzun postlar endi soʻnggi yangiliklarni tez koʻzdan kechirish va unumdorlikni saqlash uchun darhol xulosalanadi. Tezkor koʻrish sahifalarining yuqori qismida avtomatik AI xulosasi paydo boʻladi.
Yangi AI xulosalari uchun maxfiylikni maksimal darajada taʼminlash uchun yaratilgan markazlashmagan tarmoq — Cocoon bazasida ishlaydigan ochiq manbali modellardan foydalaniladi. Cocoonʼda har bir soʻrov xavfsiz tarzda shifrlanadi va foydalanuvchi maʼlumotlarini himoya qiladi.
Cocoon istalgan AI ilovasiga integratsiya qilinishi mumkin — batafsil dasturchilar hujjatida tanishing.
Endi iOS uchun Telegram butun ilova boʻylab shaffof elementlar va chiroyli sinish effektlari bilan toʻliq Liquid Glass texnologiyasini qoʻllab-quvvatlaydi.
Sozlamalar > Quvvat tejash ruknida interfeys effektlarini boshqarish orqali unumdorlikni oshirishingiz va batareya quvvatini tejashingiz mumkin.
2025-yilda Telegram yil davomida 13 ta yirik yangilanishni (Apple tekshiruvchilari qishki taʼtillarni bunchalik jiddiy qabul qilmaganida, bu 14-yangilanish boʻlardi) chiqardi va ularda 75 dan ortiq yangi funksiyalar taqdim etildi.
Oʻrtacha olganda, yangilanishlar har 26 kunda bir marta chiqarildi, lekin yangilanishlar orasini atigi 8 kun ajratib turgan holat ham kuzatildi, masalan, ilovada xavfsiz guruhli chaqiruvlar va hadyalar marketpleysi paydo bo‘lganda.
Sizga innovatsiya, ilhom va erishganingizda faxrlanadigan maqsadlarga boy ajoyib Yangi yil tilaymiz.
2026-yil 3-yanvar
Telegram jamoasi