Telegram Brauzer, mini ilovalar doʻkoni, yulduzlar hadya qilish va boshqalar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Telegram Brauzer, mini ilovalar doʻkoni, yulduzlar hadya qilish va boshqalar

Bugungi yangilanishda bir nechta varaqni dastaklaydigan va deyarli milliard foydalanuvchiga Web3 texnologiyasidan foydalanish imkonini beradigan yangi ilova ichidagi brauzer, mini ilovalar doʻkoni, yangi turdagi mini ilovalar, doʻstlarga yulduzlar hadya qilish imkoniyati va boshqalar taqdim etiladi.

Telegram Brauzer

Siz ilova ichidagi brauzer bilan ochadigan sahifalarni endi pastki panelda yigʻish va qayta ochish mumkin, bu sizga xabarlaringiz va veb-saytlar, tezkor koʻrish maqolalari va mini ilovalar orasida erkin harakatlanish imkonini beradi.

Telegramning brauzeri barcha mobil va rasmiy desktop ilovalarida TON tarmogʻidagi markazlashmagan veb-saytlarni dastaklaydi. Bu deyarli bir milliard oylik foydalanuvchilarimizga Web3 imkoniyatlaridan erkin foydalanish imkonini beradi.

Dunyoga kriptovalyutani tanishtirmoqchi boʻlgan taqdiringizda. 😌

Endi maqola oʻqiyotganingizda, veb-sahifani koʻrayotganingizda yoki oʻyin oʻynayotganingizda bildirishnoma olsangiz, xabarlaringizni tekshirishingiz va rivojingizni yoʻqotmasdan qaytishingiz mumkin. Sahifaga keyinroq qaytish uchun bukmarklar kiritishingiz ham mumkin.

Dasturchilar markazlashmagan TON saytlari haqida batafsil axborotni ton.org saytiga kirib yoki Telegramning oxirgi versiyasida getting-started.ton saytini ochib bilib olishi mumkin.

Mini ilovalar doʻkoni

Telegramning 950 million foydalanuvchisidan har oyda 500 milliondan ortigʻi mini ilovalar bilan oʻzaro aloqada boʻladi.

Biz Qidiruv rukniga yangi “Ilovalar” sahifasini qoʻshdik, bu yerda foydalanadigan ilovalaringiz roʻyxati va mashhur mini ilovalar roʻyxati koʻrsatiladi. Endi barcha oʻyin va xizmatlaringizga tezda kirishingiz yoki yangi narsalarni topishingiz mumkin.

Dunyongiz mushuklar va ogʻmaxonlardan kattaroq boʻlgan taqdirda. 😌

Dasturchilar endi foydalanuvchilarga nima kutishlarini bildirish uchun mini ilova prevyulari uchun video demolar va skrinshotlar yuklashi mumkin.

Mushukni sumkadan chiqarmoqchi boʻlgan taqdiringizda. 😌

Telegram Yulduzlardan foydalanadigan mini ilovalar endi “Ommabop ilovalar” boʻlimida koʻrsatilish imkoniyatiga ega. Dasturchilar mini ilovalar haqida batafsil axborot bilan ushbu sahifada tanishishi mumkin.

Mini ilovalardan hikoyalarga ulashish

Mini ilovalar endi foydalanuvchilar bevosita mini ilovadan Telegram hikoyasi sifatida ulashishi uchun AI yaratgan videolar, yutuqlar yoki yetakchilar jadvalining suratlari kabi maxsus hikoya kontentini yaratishi mumkin. Bu yangi turdagi ilovalardan foydalanish imkonini beradi, mavjudlariga esa o‘z foydalanuvchilarining kontaktlari orasida tarqalish orqali auditoriyani oshirishga yordam beradi.

Mushuklaringiz ulashish uchun hikoyaga ega boʻlgan taqdirda. 😌

Dasturchilar ushbu funksiyani mini ilovalariga qoʻshish haqida batafsil axborot olish uchun bu yerga kirishi mumkin.

Doʻstlarga yulduzlar hadya qilish

Telegram Yulduzlar sizga mini ilovalarda raqamli mahsulotlar sotib olish yoki kanallarda pulli kontentga kirish imkonini beradi. Bu yangilanish bilan kontaktlaringiz uchun yulduzlarni hadya sifatida sotib olishingiz mumkin.

Doʻstlaringizda allaqachon Premium boʻlgan taqdirda. 😌

Yulduzlarni hadya qilish uchun Sozlamalar > Yulduzlarim rukniga kiring (iOS ilovasida hozirda ushbu menyuni faqat avval oʻzingiz uchun yulduzlar sotib olgan boʻlsangiz koʻrasiz).

Tugʻilgan kunini nishonlayotgan foydalanuvchilar maxsus boʻlimda roʻyxatning yuqorisida paydo boʻladi. Hadya qilingan yulduzlar chatda chiroyli animatsiyali hadya qutisi sifatida koʻrinadi.

Video xabarlarni yozishda chaqnoq

Video xabarlar endi qorongʻida yozayotganda ekranni qoʻshimcha yorugʻlik bilan yoritish uchun old chaqnoqdan foydalanish imkonini beradi.

Video yozishga almashish uchun xabar panelidagi mikrofon belgisini bosing. Keyin video xabaringizni yozish uchun kamera belgisini bosib turing. Yozishda davom etish uchun yuqoriga suring va pastki chap burchakdagi chaqnoq belgisini bosing.

Hikoyalarda ob-havo vidjeti

Quyoshli sohildan tortib togʻ-changʻi yoʻlagigacha qayerda boʻlishingizdan qatʼi nazar, endi hikoyangizni yangi animatsiyali vidjet yordamida ob-havo haqidagi dolzarb axborot bilan toʻldirishingiz mumkin.

Qaynoq hikoyalar olgan taqdirda. 😌

Vidjet tomoshabin qurilmasidagi sozlamalarga qarab Selsiy yoki Farengeyt orasida avtomatik almashadi, shuning uchun C va F o‘rtasida tanlash bilan hech qachon ovora bo‘lishingizga toʻgʻri kelmaydi. Bulutsiz kechalarda vidjet oy fazasi koʻrinishini koʻrsatadi.

Hikoyangizga “Stikerlar” ruknidan musiqa, havolalar yoki joylashuv qoʻshishingiz ham mumkin.

Hikoya muqovalari

Profilingizga video hikoya joylaganingizda qaysi kadr muqova rasmi sifatida ishlatilishini tanlashingiz mumkin.

Hikoyalarga muqovasi asosida baho bergan taqdiringizda. 😌

MacOS uchun ilovada brauzer va mini ilova varaqlari

Nihoyat, macOS uchun Telegramdagi yangi brauzer qanchalik ajoyibligi bilan tanishing. Uning yangi varaqlari barcha narsani dastaklaydi: oʻyinlar, mini ilovalar, tezkor koʻrish sahifalari va hatto TON tarmogʻidagi Web3 saytlari.

Ish stolingizda jonglyorlik qilishni yoqtirgan taqdiringizda. 😌

Iyul uchun barcha yangilanishlar shular. Allaqachon ochiq brauzer varaqlari orasida avgust yangilanishini qidiryapmiz.


2024-yil 31-iyul,
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

스타 경품 및 기타

오늘 업데이트로 그룹과 채널은 경품 행사에서 Telegram Stars를 상품으로 사용할 수 있습니다. 또한, Telegram 브라우저에서 여는 모든 기사를 이제 Instant View로 변환할 수 있어 읽기 편리합니다.
6-sen, 2024

슈퍼 채널, 스타 반응 및 구독

오늘은 텔레그램의 11주년입니다. 사용자가 콘텐츠 제작자를 지원할 수 있도록 하는 스타 반응 및 스타 구독, 봇 및 비즈니스 계정을 위한 유료 미디어, 그리고 관리자가 다른 채널이나 개인 프로필로 게시할 수 있는 새로운 텔레그램 채널 모드를 만나보세요.
14-avg, 2024

텔레그램 브라우저, 미니 앱 스토어, 선물 별 등

오늘 업데이트에서는 여러 탭을 지원하는 새로운 인앱 브라우저와 거의 10억 명의 사용자에게 Web3를 제공하는 기능, 인기 미니 앱이 포함된 미니 앱 스토어, 친구에게 스타 선물을 할 수 있는 기능, 스토리를 위한 날씨 위젯 등 다양한 기능이 추가되었습니다.
31-iyl, 2024

미니 앱 바, 미디어 광고, 스토리 검색 등 더 보기

6월 업데이트에서는 미니 앱을 최소화하여 컴팩트 바로 만드는 방법을 추가하고, 콘텐츠 제작자가 유료 사진 및 동영상으로 채널을 수익화할 수 있도록 도우며, 해시태그 또는 위치로 검색하고 새로운 링크 위젯을 도입하여 스토리를 개선할 수 있게 됩니다.
30-iyn, 2024