Daromadni kanal egalari bilan boʻlishish

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Daromadni kanal egalari bilan boʻlishish

Bugun ijtimoiy tarmoq tarixidagi eng saxiy mukofot tizimlaridan birini taqdim etmoqdamiz. Telegram kanallar egalari endi kanallarida namoyish qilingan reklamadan tushgan daromadning 50% qismini olishi mumkin.

Ijodkorlar uchun mukofotlar

Telegram foydalanuvchilari har oy kanallarda 1 trilliondan ortiq koʻrishlarni hosil qiladi. Bugundan boshlab kamida 1000 ta obunachiga ega ommaviy kanal egalari kanallarida namoyish qilingan reklamalardan tushgan daromadning 50 qismi bilan mukofotlanadi.

Kanalning monetizatsiya statistikasi

Kanal egalari mukofotlarini komissiyasiz yechib olishi yoki ularni Telegram reklamalari, kolleksiya qilinadigan foydalanuvchi nomlari yoki Premium yutuqli oʻyinlarga qayta investitsiya qilishi mumkin.

Kanalingiz monetizatsiya statistikasini koʻrish uchun Kanal sozlamalari > Statistika > Monetizatsiya rukniga kiring. Kanal egalari uchun yechib olish imkoniyati kelgusi haftalarda Fragment saytida paydo boʻladi.

TON asosidagi reklamalar

Mukofotlash dasturi uchun biz Toncoin (TON blokcheyni asosida ishlovchi kriptovalyuta) bilan xarid qilish mumkin boʻlgan yangi turdagi reklamalarni taqdim etmoqdamiz.

Biz TON blokcheynini past komissiyalar, oʻtkazmalarni qayta ishlashning yuqori tezligi va soniyasiga rekord hajmdagi oʻtkazmalarni dastaklashi sababli tanladik.

Endi istalgan foydalanuvchi Toncoin evaziga minimal budjet bilan Telegramdagi bot yoki kanalini reklama qilishi mumkin. Reklama xabarini yaratganda joylash uchun muayyan kanallarni tanlaysiz, buning evaziga siz reklama namoyish qilinadigan kontekstni toʻliq nazorat qilasiz.

TON asosidagi reklamalarni yaratish

Ishni boshlash uchun shunchaki Telegram Reklama platformasiga kiring.

Nega Telegram Reklama oʻziga xos?

Telegramdagi reklama xabarlari boshqa platformalardagi reklamaga oʻxshamaydi. Ular faqat yirik ommaviy kanallarda chiqadi. Reklamalar chatlaringizda, chatlar roʻyxatida yoki ilovaning boshqa ekranlarida hech qachon chiqmaydi.

Telegram yangi reklamalarni targetlash uchun shaxsiy maʼlumotlardan foydalanmaydi. Reklama xabarlari mazmuni faqat ular chiqadigan muayyan kanallarga bogʻliq, kanal egalari esa namoyishlar uchun mukofotlar oladi.

Yirik kanalda Telegram reklamasi

Biz reklamalar hatto kontent ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlasa ham hammaga ham yoqmasligini tushunamiz. Yaxshiyamki, Telegramda istalgan kishi Telegram Premiumga obuna boʻlish orqali reklamalarni faolsizlantirishi va oʻnlab ekskluziv funksiyalar, jumladan, yangi Telegram Biznes funksiyalariga ega boʻlishi mumkin.


2024-yil, 31-mart,
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

AI 에디터, 마이티 폴, 라이브 포토, 봇이 관리하는 봇, 그리고 그 외 더 많은 기능

오늘 업데이트에서는 두 번의 탭만으로 텍스트를 번역, 변환 또는 수정할 수 있는 AI 에디터, 미디어 첨부 및 활성 설문에 대한 새로운 응답 제안과 같은 설문조사용 신규 기능, 모든 앱에서 라이브 및 모션 사진 지원, 다른 봇을 생성하고 관리할…
31-mar, 2026

멤버 태그, 텔레그램으로 로그인, 공유 비활성화, GIF 편집, 날짜 형식 지정, 투표 타임스탬프

오늘 업데이트에서는 그룹 구성원이 자신을 나타낼 수 있도록 태그를 추가하고, 특정 1:1 대화에서 메시지 공유를 비활성화하는 설정, GIF 편집 및 캡션 기능, 텔레그램으로 앱과 웹사이트에 가입 및 로그인할 수 있는 새로운 도구 등 다양한 기능이…
1-mar, 2026

새로운 디자인, 제작 기능 등

이번 업데이트는 안드로이드용 텔레그램 역사상 가장 큰 인터페이스 업데이트와, 독점적인 새로운 선물을 제작할 수 있는 크래프팅 시스템 등 다양한 기능을 추가합니다.
9-fev, 2026

AI 요약, 새로운 디자인 및 기타 기능

텔레그램의 2026년 첫 번째 업데이트는 iOS에서 더욱 많은 Liquid Glass 인터페이스와 채널 게시물 및 인스턴트 뷰 페이지에 대한 AI 요약 기능을 제공합니다. 이 모든 것은 프라이버시 극대화와 사용자 데이터 보호를 위해 설계되었습니다.
3-yan, 2026